O‘zbekiston mustaqillik bayrami AQShda hamkeng nishonlanmoqda

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi nafaqat mamlakatimizda, balki dunyoning turli nuqtalarida istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz uchun ham muhim sana sifatida keng nishonlanmoqda.
Jamiyat
295 11:50 | 03.09.2026 11:50

Bu yilgi Mustaqillik bayrami munosabati bilan xorijiy davlatlarda O‘zbekistonning milliy qadriyatlari, davlat ramzlari va boy madaniyatiga bo‘lgan eʼtiborning namoyon etilayotgani alohida ahamiyat kasb etadi.


Xususan, AQShning yirik shaharlari qatorida Sietl’da ham O‘zbekiston Mustaqilligi kuni munosabati bilan o‘ziga xos ramziy tadbirlar tashkil etildi. Shaharning taniqli maskanlarida O‘zbekiston davlat bayrog‘ining namoyish etilishi mamlakatimiz milliy bayramiga xalqaro maydonda ko‘rsatilayotgan hurmatning yorqin ifodasiga aylandi.




Elliott ko‘rfazi sohilida joylashgan Bell Harbor xalqaro konferentsiyalar markazida O‘zbekiston davlat bayrog‘i AQSh va Kanada bayroqlari qatorida ko‘tarildi. Shuningdek, shaharning mashhur diqqatga sazovor maskanlaridan biri –Seattle Great Wheel O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi.


Bu kabi ramziy tashabbuslar ikki davlat xalqlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalar, o‘zaro hurmat va hamkorlikning yangi bosqichga ko‘tarilayotganini ifodalaydi.


Dildora DO‘SMATOVA


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid