Rasmga tushmoqchi bo‘lgan to‘rt yigit Kattaqo‘rg‘on suv omborida cho‘kib ketdi
30 iyul kuni Kattaqo‘rg‘on suv omborida 4 nafar yigit cho‘kib ketgani haqida OAV xabar berildi.
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi va Ko‘kdala tumanlarida yashovchi 7 nafar fuqaro Samarqand viloyati Nurobod tumani «Po‘lat» mahallasida yashovchi tanishi M.M.ning tug‘ilgan kunini nishonlash maqsadida borgan. Shu kuni soat taxminan 17:30 atrofida Kattaqo‘rg‘on suv omboriga cho‘milish uchun borishgan.
U yerda bo‘lgan qayiq bilan suv omborining qirg‘og‘idan taxminan 40 metr uzoqlikka suzishgan. Suratga tushmoqchi bo‘lishganida tartibsiz harakatlar qilishgani sababli muvozanatni yo‘qotib, qayiq ag‘darilib ketgan. Natijada ularning 4 nafari — 21, 25, 22 va 21 yoshli yigitlar cho‘kib ketgan, 3 nafari qirg‘oqqa suzib chiqa olgan.
Olib borilgan qidirub ishlari davomida bir kishi —21 yoshli O.E.ning murdasi topilgan.
Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0