Nyu-Yorkni hayratda qoldirayotgan o‘zbek model qizi Dilnura Abidova bilan suhbat

Qahramonimiz 6 yoshida gazetalarda chiqqan oddiy suratlari uning taqdirini o‘zgartirib yuborishini o‘sha paytda bilmagan edi.
Jamiyat
12064 12:17 | 16.06.2026 12:17

Bugun esa u xalqaro miqyosda tan olingan top-model, Nyu-York Fashion Week ishtirokchisi va kasting direktori sifatida faoliyat yuritmoqda.


Dilnura Abidova yillar davomida O‘zbekiston, Turkiya va Amerika moda industriyasida faoliyat yuritdi. Ayniqsa, Nyu-Yorkdagi model va aktyorlik akademiyasida tahsil olishi uning professional hayotida yangi sahifa ochdi.


“Model bo‘lish — qatʼiy intizomga ko‘nasan degani”-deydi suhbatdoshimiz. “Halqimizda modellar haqida salbiy o‘ylar bor. Ulardan eng katta noto‘g‘ri tushuncha «engil kasb» deb qabul qiladi. Aslida professional model hayoti qatʼiy qoidalar asosida kechadi. Sochni bo‘yash, qosh shaklini o‘zgartirish, tatuirovka qilish, yuzga sunʼiy o‘zgarishlar kiritish ko‘plab xalqaro agentliklarda taqiqlangan. Bundan tashqari, ovqatlanish rejimi, ichimliklar, uyqu tartibi va hatto ommaviy tadbirlardagi xatti-harakatlar ham nazorat qilinadi. Model uchun tashqi ko‘rinish nafaqat go‘zallik, balki biznes qiymati hisoblanadi”-deydi u.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid