Mustabid davrdan dorilomon kunlargacha

Milliy bankda o‘tgan davra suhbatida nimalar haqida gap ketdi?
Jamiyat
290 17:56 | 27.08.2026 17:56

Bugun O‘zbekiston Milliy bankining Chilonzor tuman filialida yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan "Maʼrifatli jamiyat – kitobxon jamiyat" shiori ostida davra suhbati hamda kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.




Unda Milliy bankda mehnat qilayotgan yosh ishchi-xodimlar va "Mutolaa" mobil ilovasi yaratuvchilari ishtirok etishdi. Davra suhbatida "Mutolaa" loyihasi rahbari Ulug‘bek Qobiljonov inson hayotida ilm-maʼrifat, xususan kitobxonlikning ahamiyati, bilim ortidan yutuqlarga erishayotgan yoshlarning Vatanimiz kelajagini rivojalantirishga qo‘shayotgan hissasi haqida gapirdi. "Mutolaa" ilovasi qachon yaratilgani, imkoniyatlari va undan qanday foydalanish to‘g‘risida batafsil maʼlumot berdi.

Shundan so‘ng "Ishonch" gazetasi muxbiri Zebo Namozova so‘z olib, Mustaqilligimizning 35 yillik to‘yi bilan barchani qutladi va o‘tgan yillarda yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida yuz bergan muhim yangilanishlar, ularning mohiyati, hayotimizga olib kirgan engilliklari haqida so‘zladi. Shuningdek, davrada bank xodimlarining yosh ota va onalar ekanligini inobatga olib, oilada bolalarni yoshlikdan kitobga qiziqtirish, ularga qanday adabiyotlarni tanlash kerakligi borasida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Samimiy va qiziqarli kechgan davrada milliy bank xodimlari ham faol ishtirok etishdi. Istiqlolimiz bergan imkoniyatlar tufayli hayotlarida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni faxr bilan tilga olishdi. Shu bilan birga mustabid davrida xalq hayotida kechgan ayrim murakkab voqeliklarni eslab, bugungi dorulomon kunlarimiz uchun shukronalar keltirishdi.
Shundan so‘ng davra suhbati ishtirokchilari "Akademnashr" nashriyotida chop etilgan bolalar va kattalar uchun mo‘ljallangan badiiy kitoblar ko‘rgazmasida qatnashib, o‘zlari va yaqinlari uchun rang-barang kitoblar sotib olishdi.


Ishonch.uz
Eʼzozo Umurzoqova olgan rasmlar


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid