Davlat tibbiy sug‘urtasi barcha xonadonlarni qamrab oladi – Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoev Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimdagi nutqida aholining sog‘lom va uzoq umr ko‘rishini taʼminlashga qaratilgan ikkinchi milliy dasturning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Jamiyat
316 21:15 | 28.08.2026 21:15

Unga ko‘ra, kelgusi besh yilda aholi salomatligi bilan bog‘liq davlat xarajatlari yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5 foizga etkaziladi.


Tibbiyotda profilaktikani kuchaytirish orqali salomatlikni asrash modeliga o‘tish rejalashtirilgan.


Shuningdek, davlat tibbiy sug‘urtasi mamlakatdagi barcha xonadonlarni qamrab oladi.


Ixtisoslashgan tibbiyotda raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida O‘zbekistonga dunyoning eng nufuzli kamida 5 ta klinikasini olib kelish rejalashtirilgan. Mamlakatni zamonaviy tibbiyot, farmatsevtika, biotexnologiyalar va tibbiy taʼlim rivojlangan markazga aylantirish maqsad qilingan.


Prezident nutqida so‘nggi yillarda sog‘liqni saqlash sohasiga ajratilayotgan mablag‘ 8 karradan ziyod oshirilganini ham qayd etdi.


O‘tgan davrda O‘zbekistonda 652 ta yangi tibbiyot muassasasi barpo etilgan. Xususiy sektor uchun imkoniyatlar kengaytirilishi natijasida tibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshgan.


Shuningdek, ilgari faqat xorijda amalga oshirilgan 100 dan ziyod murakkab diagnostika va davolash usullari bugun O‘zbekistonda ham bajarilayotgani maʼlum qilindi.


Davlat rahbari keltirgan maʼlumotlarga ko‘ra, aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1991-yildagi 66,4 yoshdan 2025-yilda 75,4 yoshga etgan.


Go‘daklar va onalar o‘limi ko‘rsatkichi esa 4 barobar kamaygan. Prezident bu natijalarni sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarning muhim samaralaridan biri sifatida qayd etdi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid