Rossiyada migrantlar ustidan nazorat kuchaytirilmoqda

Rossiya Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin sentyabr oyidan mamlakatda kuchga kirayotgan yangi qonunlar haqida ma’lumot berdi. O‘zgarishlarning bir qismi migratsiya nazoratiga taalluqli bo‘lib, xorijliklarning sog‘lig‘ini tekshirish tartibini kuchaytiradi.
Jamiyat
278 11:08 | 03.09.2026 11:08

90 kundan 30 kunga qisqaradi. Rossiyaga 3 oydan ortiq muddatga kelgan xorijliklar majburiy tibbiy ko‘rikdan belgilangan muddatda o‘tishi kerak. Ilgari buning uchun 90 kun berilgan bo‘lsa, endi muddat 30 kunga tushiriladi.
Agar migrantda xavfli yuqumli kasallik aniqlansa, uni Rossiyadan tezkor deportatsiya qilish choralari ko‘riladi.


Shuningdek, davlat idoralari o‘rtasida ma’lumot almashishning yangi elektron tizimi joriy etiladi. Bu xorijliklarni Rossiya Federal soliq xizmatida tezroq hisobga qo‘yish imkonini beradi.


Migrantlar ustidan qo‘shimcha nazorat mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha tajriba-sinov ishlari ham kengaytiriladi. Shu tariqa Rossiya migratsiya hisobini bosqichma-bosqich raqamlashtirish va nazoratni tezkorlashtirishni rejalashtirmoqda.


Avvalroq Rossiyada xorijlik ishchilar uchun NDFLni 30 foizga oshirish, pul o‘tkazmalariga 3 foiz yig‘im joriy etish, migrantlarning voyaga yetmagan farzandlari uchun ham patent to‘lovini joriy qilish kabi takliflar ilgari surilgan edi.


Shuningdek, ayrim hududlarda xorijliklar patent asosida ishlay olmaydigan sohalar ro‘yxati kengaytirilgan, migratsiya sohasidagi davlat bojlari sezilarli oshirilgan. Rossiyada xorijliklarning mamlakatda bo‘lish talablarini kuchaytiruvchi qonun ham qabul qilingan edi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid