Poyezd bilan to‘qnashgan yuk mashina haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati Olot tumanida HOWO yuk mashinasini poyezd urib ketgani aks etgan video tarqaldi. "Buxoro MTU" UK axborot xizmati bu hodisaga rasmiy munosabat bildirdi:
Jamiyat
4481 09:57 | 12.09.2023 09:57

Joriy yilning 5 sentyabrida "Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli" UK hududida joylashgan Olot – Qorako‘l temir yo‘l bekatlari oralig‘i 4044 kilometr 1-piketda joylashgan qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasida Sh.Sharipov boshqaruvidagi poyezd soat taxminan 08.35 larda J.Ashurov boshqaruvidagi HOWO rusumli yuk avtomashinasi bilan haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida to‘qnashuv sodir etgan. Natijada avtomashina haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgan.


Mas’ul rahbarlar va soha mutaxassislari olib borgan o‘rganish natijasida qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasida temir yo‘lga taalluqli bo‘lgan barcha qurilma va jihozlar tegishli yo‘riqnomaga asosan soz holatda ishlab turgani aniqlandi va ushbu holatda "Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli" UK ning hech qanday aybi yo‘q.


Ma’lumot uchun: qo‘riqlanmaydigan va qo‘riqlanadigan temir yo‘l kesishmalari kesishmadan o‘tadigan avtotransport vositalari hamda yo‘lovchi va yuk poyezdlari qatnoviga qarab toifalarga bo‘linadi. Shu bois 4044 kilometr 1-piketda joylashgan qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasi 4-toifaga, ya’ni qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasiga kiradi.


Dildora Ibrohimova,
ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid