Ayrim yoshlarga OTMga kirishda 5 foiz qo‘shimcha ball beriladi
«Vatan tayanchi» harakatining ayrim aʼzolari hamda «Vatanparvarlar» va «Shijoat va g‘ayrat» musobaqalarining respublika bosqichi g‘oliblari oliy taʼlimga kirishda imtiyozga ega bo‘ladi.
Yangi tartibga ko‘ra:
Har bir «Vatan tayanchi» otryadidan maktab, Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internat, akademik litsey yoki texnikumni aʼlo baholar bilan tamomlagan 1 nafar faol aʼzoga tavsiyanoma beriladi.
«Jasorat maktabi»ni aʼlo baholar bilan bitirgan har bir otryaddan 1 nafar aʼzo ham tavsiyanoma olishi mumkin.
«Vatanparvarlar» harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichida 1-o‘rinni olgan jamoa aʼzolariga;
«Shijoat va g‘ayrat» musobaqasining respublika bosqichi g‘olib jamoasi aʼzolariga ham tavsiyanoma beriladi.
Tavsiyanoma egalari oliy harbiy, harbiylashtirilgan va yuridik taʼlim muassasalariga kirishda test yoki yakuniy suhbatda to‘plagan balining 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ball oladi.
Eng muhimi, tavsiyanoma 3 yil davomida amal qiladi.
Hujjat Adliya vazirligi tomonidan 2026 yil 26 avgustda 3931-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0