O‘zbekcha nomlardan uyalamizmi?

Agar M-39 Toshkent – Termiz avtomobil yo‘lidan yurgan bo‘lsangiz, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududida joylashgan qator ovqatlanish shoxobchalari nomlariga beixtiyor ko‘zingiz tushadi. “Diydor”, “Surxon”, “Sohil”, “Sharshara”, “Osiyo”... Ayrimlari shevada yozilgan bo‘lsa-da, masalan, “Navarachi” kabi nomlar o‘zining samimiyligi bilan qalbni ilitiradi, milliy muhitni his ettiradi.
Jamiyat
5807 17:37 | 09.01.2026 17:37

Jizzax shahriga kirganingizda esa manzara tamoman boshqacha. Bu yerda aksariyat savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari xorijiy atamalar bilan nomlangan. “Wonderful”, “Mega showroom”, “Samina shop”, “Just shop”...Ayrimlarini o‘qishning o‘zi qiyin. O‘zingizni esa go‘yo chet el shahrida yurgandek his qilasiz.


Shu o‘rinda tabiiy savol tug‘iladi: “Dildora cooking” degani nima? Bu qanday til, qanday ma’no? Nega o‘z ona tilimizda, xalqqa yaqin, mazmunli nom qo‘yishdan uyalamiz?


Til — g‘urur masalasi. Biror xorijiy davlatda o‘zbekcha nomlar bilan bezatilgan do‘kon yoki oshxonalarni ko‘rganmisiz? Albatta, yo‘q. Ular o‘z tilini hurmat qiladi, qadrlaydi, himoya qiladi.


Demak, biz ham ona tilimizga bo‘lgan munosabatni qayta ko‘rib chiqishimiz, jamoatchilik ongida bu masalaga nisbatan mas’uliyatni kuchaytirishimiz kerak. Umid qilamizki, bu borada tizimli o‘zgarishlar bo‘ladi, milliy tilga bo‘lgan hurmat amalda ham o‘z ifodasini topadi.


Alijon Abdusattorov,
Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid