O‘zbekiston nega oltin  eksport qilmayapti?

Iqtisodchi Mirkomil Holboyev O‘zbekiston 4 oydan beri nega oltin eksport qilinmayotgani haqida ishonch.uz ga ma’lum qildi.
Iqtisod
1681 12:55 | 06.03.2026 12:55

– So‘nggi marta 2025 yil sentyabr oyida 1,5 mlrd dollarlik oltin eksporti amalga oshirilgan edi. Ta’kidlash kerakki, mazkur davrda oylik o‘rtacha narxlarning doimiy o‘sishi kuzatilgan. Xususan, o‘rtacha narx sentyabr oyidagi 3 700 dollardan 2026 yil yanvarida 4 700 dollarga yetgan.


Yuqoridagi grafikdan ko‘rish mumkinki, odatda narx o‘sgan oylarda oltin eksporti amalga oshiriladi hamda narxning nisbatan yuqori o‘sishi eksport qilinishiga olib keladi. Shuningdek, narx pasaygan oylarda eksportni to‘xtatib turish odatiy hol. Jumladan, 2016 yildan keyingi davrda 58 oyda (jami oylarning 48 foizi) oltin eksporti amalga oshirilmagan bo‘lsa, shundan 35 tasi oltin narxi pasaygan oylarga to‘g‘ri keladi.

Bundan tashqari, ba’zi oylar oltin eksporti amalga oshirilmaydigan oy hisoblanadi (odatda). Masalan, narx o‘sgan, lekin oltin eksport qilinmagan qolgan 23 oyning 26 foizi yanvar oyiga to‘g‘ri keladi. Ya’n,i yanvar oyida odatda eksport amalga oshirilmaydi. 2025 yilning so‘nggi uch oyida eksportning to‘xtaganligi yillik rejaning bajarib bo‘linganligi bilan izohlanishi mumkin.

Yanvarda esa odatga ko‘ra eksport amalga oshirilmagan yoki noaniqliklarning ortishi fonida oltin narxi o‘sishi bo‘yicha kutilmalarning yaxshilanishi ham qisqa muddatda oltin eksportini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid