Nukus voqealarini tinchitishda noqonuniy harakat qilgan 3 nafar IIO xodimi qamaldi
2022 yil 1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘istonda sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etishda ishtirok etib, noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etgan ichki ishlar organlarida ishlagan 3 nafar xodim jinoiy javobgarlikka tortildi.

Ma’lum qilinishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon shahar sudining 2023 yil 4 avgustdagi hukmi bilan 1996 yilda tug‘ilgan T. A. va 1985 yilda tug‘ilgan X. S. Jinoyat kodeksining 235-moddasi (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 2 yil muddatga ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Shuningdek, 1979 yilda tug‘ilgan J. M. Jinoyat kodeksining 117-moddasi (xavf ostida qoldirish) 2-qismi va 238-moddasi (yolg‘on guvohlik berish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga 1 yil muddatga ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0