Piskentliklar Toshkent viloyati hokimiga shikoyat qildi

Piskent tumani hokimligi "Open budjet"da g‘olib bo‘lgan loyiha ijrosini nega paysalga solmoqda?
Iqtisod
2874 09:43 | 12.09.2023 09:43

Xususan, Piskent tumani Oqtepa MFYda yashovchi aholi nomidan Bahodir Odilov ismli shaxsning yozishicha, tuman hokimligi "Open budjet"ning 2023 yil 1-mavsumida g‘olib deb topilgan loyiha ijrosini paysalga solib kelmoqda.


"Oradan 4 oydan ortiq vaqt o‘tdi. Hozir 2-mavsumga ovoz yig‘ish ketmoqda. Avvalgi yutuq ijrosini ko‘rmagan xalq bu safar ishonmayapti, ovoz berishmayapti. Hamma xujjatlar tayyor, pulimiz hokimiyat hisobiga o‘tganiga 2 oydan oshdi. Tuman hokimiyatiga 24.07.2023 da qilgan murojaatimga 22.08.2023 yilda javob jo‘natishibti. Unda ham tayinli javob yo‘q. Bundan tashqari, bir necha bor og‘zaki murojaat qilganmiz, foydasi bo‘lmayapti. Yuguraverib charchadik. Sizdan iltimos,shu muammoni ijobiy hal qilishda yordam bersangiz!" deb yozilgan Toshkent viloyati hokimiga qilingan murojaatda.


Shu o‘rinda haqli bir savol tug‘iladi: nima uchun so‘nggi vaqtlarda bu boradagi murojaatlar bot-bot ko‘zga tashlanyapti? Yaqindagina O‘rta Chirchiq tumanidagi bog‘cha binosi bo‘yicha aholi e’tirozi haqida yozgan edik. G‘oliblik qayd etilgan bo‘lsa-da, hokimliklar tomonidan paysalga solishlar, yoki binoni sotuvga qo‘yib yuborishlar qachongacha davom etadi? Nima uchun mas’ullarning mas’uliyatsizligi tufayli aholi ishonchsizligi kelib chiqishi kerak bu tizimga nisbatan?


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid