“Vatanning obro‘si — bizning obro‘yimiz”: 500 nafar vatandosh Prezidentga murojaat yo‘lladi

AQSh va Kanadada istiqomat qilayotgan 500 nafar o‘zbekistonlik Prezident Shavkat Mirziyoevga murojaat yo‘llab, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, Yangi O‘zbekistondagi o‘zgarishlar va uning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotganini taʼkidladi.
Iqtisod
229 18:31 | 27.08.2026 18:31

Vatandoshlar murojaatida so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ochiqlikka asoslangan siyosat kuchaygani, xorijda yashayotgan o‘zbekistonliklar bilan munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etilgan. Ularning fikr va takliflarini eshitish, muloqotni kengaytirish hamda Vatan bilan aloqalarini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlangan.


Murojaat mualliflari O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar tobora rivojlanib, yangi bosqichga ko‘tarilayotganini ham eʼtirof etgan. Ular Prezident Shavkat Mirziyoevning Donald Tramp bilan bo‘lajak bevosita va ishonchli muloqoti, oliy darajadagi uchrashuvlar, shuningdek, AQSh hukumati, Kongressi va ishbilarmon doiralari bilan kengayib borayotgan hamkorlik mamlakat uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishiga ishonch bildirgan.


“Siz olib borayotgan siyosat bizga nafaqat yangi imkoniyatlar yaratmoqda, balki zimmamizga katta masʼuliyat ham yuklamoqda. Biz xorijda yashayotgan vatandoshlar O‘zbekistonning munosib vakillari bo‘lishimiz, Vatanimizning haqiqiy qiyofasini keng jamoatchilikka etkazishimiz kerak”, — deyiladi murojaatda.


Vatandoshlar AQShdagi tadbirkor va investorlarni O‘zbekistonga jalb qilish, zamonaviy texnologiyalar, bilim va tajribalarni Vatanga olib kelish, taʼlim hamda madaniy aloqalarni yanada rivojlantirishga hissa qo‘shishga tayyor ekanini bildirgan.
Murojaatda “Vatanning obro‘si — bizning obro‘yimiz. O‘zbekistonning yutug‘i — bizning yutug‘imiz. O‘zbekiston bayrog‘ining dunyo maydonida baland ko‘tarilishi — har bir vatandoshimiz uchun faxr va iftixordir”, degan fikrga ham alohida urg‘u berilgan.
Maktub so‘ngida vatandoshlar Prezident Shavkat Mirziyoev va O‘zbekiston xalqini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, yurtimiz tinchligi, xalq farovonligi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lidagi islohotlarga muvaffaqiyat tilagan.


Murojaat “Vatan Global Alliance” jamiyati raisi Ozod Soliev, O‘zbekiston xalq artistlari Erkin Malakov va Muhabbat Shamaeva, “Vatan Filadelfiya” jamiyati raisi Saidullo Ahmedov, “Vatan Nyu-York” jamiyati raisi Baxtiyor Qodirov hamda AQShda yashayotgan 500 nafar vatandosh nomidan yo‘llangan.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid