Markaziy bank va Raqobat qo‘mitasi inflyatsiyani pasaytirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Ikki tashkilot o‘rtasida “Narxlar barqarorligini ta’minlash, bozorlarda raqobat muhitini shakllantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida” Memorandum imzolandi.
Iqtisod
1714 15:30 | 21.01.2026 15:30

Bunda ushbu hujjat mamlakatda narxlar barqarorligini ta’minlash, inflyatsiyani pasaytirish hamda tovar va xizmatlar bozorlarida raqobat muhitini rivojlantirishga qaratilgan samarali hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligini ifoda etadi.


Memorandum inflyatsiyaga ta’sir qiluvchi bozor mexanizmlarini ilmiy asoslangan tarzda tahlil qilish, asossiz narx oshishi va monopol mavqe suiiste’mol qilinishiga qarshi kurashish, shuningdek, tarmoqlar kesimida narx shakllanishi jarayonlarining shaffofligini ta’minlashga qaratilgan o‘zaro ma’lumot almashishni ko‘zda tutadi. Iste’mol bozorida taklif omillarini birgalikda o‘rganish va xatarlarni oldini olish yo‘nalishida harakatlar muvofiqligini ta’minlashga qaratilgan.


Tomonlar hamkorlikning:

– inflyatsiyani pasaytirish va narxlar barqarorligini ta’minlashda institutsional hamkorlikni kuchaytirish;
– tovar va xizmatlar bozorlarida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish;
– narx shakllanishiga ta’sir etuvchi monopol sharoitlarni tezkor aniqlash bo‘yicha o‘zaro ma’lumot almashinuvi tizimini yo‘lga qo‘yish;
– bozordagi kontsentratsiya darajasi, yagona tarmoq ishtirokchilari, monopol holatlar va bozor hukmronligi holatlarini tahlil qilishda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, moliya bozorlarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir normativ-huquqiy hujjat loyihalari bo‘yicha fikr almashish maqsadlarini belgilaydilar.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid