Ko‘chmas mulk va avto savdolarida bank komissiyalari keskin kamaytiriladi

Iqtisod
1651 10:40 | 27.03.2026 10:40

Ko‘chmas mulk va avtotransport vositalarini oldi-sotdi qilishda bank komissiyalari cheklanadi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki birinchi o‘rinbosari Saydullayev Nodirbek matbuot anjumanida ma’lum qildi.


Uning aytishicha, yangi tartibga ko‘ra, ko‘chmas mulk bo‘yicha operatsiyalar uchun bank xizmati haqi bazaviy hisoblash miqdorining 80 foizidan oshmaydi — ya’ni taxminan 260 ming so‘m atrofida bo‘ladi.


Bu nimani anglatadi?


Oddiy misol: avval 400 million so‘mlik uy xarid qilinganda, tijorat banklari orqali o‘tkazma uchun o‘rtacha 0,5 foiz — ya’ni 2 million so‘mgacha komissiya to‘langan. Endi esa shu operatsiya uchun bank xizmati haqi atigi 260 ming so‘mdan oshmaydi.


Shuningdek, avtotransport vositalari uchun ham komissiyalar pasaytirildi. Unga ko‘ra, xizmat haqi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizigacha — taxminan 153 ming so‘m etib belgilanadi.


“Bu qaror orqali aholi uchun ortiqcha xarajatlarni kamaytirish va moliyaviy operatsiyalarni yanada shaffof qilishni maqsad qilganmiz”, — dedi Saydullayev.


Ma’lum qilinishicha, bozor hajmi ham katta: 2023 yilda 600 mingga yaqin avtomobil va 300 mingga yaqin ko‘chmas mulk oldi-sotdisi amalga oshirilgan.


Yangi tartib esa ushbu operatsiyalarda fuqarolar uchun sezilarli moliyaviy yengillik yaratadi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid