Ijtimoiy ta’tilga chiqish tartibi qanday?
Savol: Uch nafar 12 yoshga to‘lmagan farzandlarim bor. Qonunchilikda belgilangan ijtimoiy ta’tildan foydalanishim mumkinmi?
Ushbu savolga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Samarqand viloyat kengashi mehnat huquq inspektori Ulug‘bek G‘aniyev javob berdi:
–Mehnat kodeksining 401-moddasiga ko‘ra 12 yoshga to‘lmagan 2 va undan ortiq bolaning yoki 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) har yili davomiyligi 4 kalendar kun bo‘lgan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til berilishi kerak. Ushbu ta’tilni xodim yillik mehnat ta’tiliga qo‘shib olishi yoki ish beruvchi bilan kelishib ish yili davomida alohida (to‘liq yoxud qismlarga bo‘lib) olishi ham mumkin. Ya’ni, 4 kunlik ta’tilni 1 kundan 4 marta olsa ham bo‘ladi.
Aksar hollarda bu turdagi ta’tildan ko‘pchilik bexabarligi bois xabari, ish beruvchidan buni talab qilmaganligi uchun amaliyotga o‘z aksini topmasdan qolayapti. Bu qonun buzilish hisoblanadi va xodim talab qilmasa ham ish beruvchi ta’tilni rasmiylashtirishga majbur.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0