Agrobank rahbariyati hududlarda tadbirkorlar bilan muloqotlarni davom ettirmoqda
“Agrobank” ATB Boshqaruv raisi 5-dekabr kuni Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida tuman hokimligi mas’ullari, hokim yordamchilari, mahalla faollari va iqtisodiy kompleks vakillari ishtirokida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Bunda tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishilib, ularning muammo va takliflari atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuvda Sardoba tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, 2026-yilda tumanga yo‘naltiriladigan investitsiyalar, yangi ish o‘rinlari yaratish, servis va logistika xizmatlarini rivojlantirish hamda qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish masalalari tadbirkorlarga batafsil tushuntirildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan 4-dekabr kuni Sirdaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tashrif chog‘ida Sardoba tumanini kompleks rivojlantirish maqsadida 2026-yilda tumanga 110 mln AQSh dollari investitsiya jalb etish, 15 mingdan ortiq aholini ish bilan ta’minlash, “xufiyona” iqtisodiyotni qisqartirish hisobiga 3 ming ish o‘rnini legallashtirish hamda ehtiyojmand oilalar daromadini oshirib, kambag‘allik darajasini 3 foizdan kamaytirishga doir aniq vazifalar belgilab berildi.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0