Валюта UZS
  • USD

    12 142.10-52.11

  • EUR

    14 079.9895.66

  • RUB

    150.530.56

+20C

+20C

  • O'z
  • Ўз
Ўзбекистон
  • Сиёсат
  • Спорт
  • Жамият
  • Иқтисод
Хориж
  • Иқтисод
  • Сиёсат
Интервью
  • Маданият ва маърифат
Кутубхона
  • Адабиёт
  • Илмий ишлар
  • Мақолалар
  • Касаба фаоллари учун қўлланмалар
Бошқалар
  • Суратлар сўзлаганда...
  • Колумнистлар
  • Архив
  • Ўзбекистон журналистлари

Toshkent Shahar

+20c

  • Hozir

    +20 C

  • 11:00

    +21 C

  • 12:00

    +23 C

  • 13:00

    +24 C

  • 14:00

    +25 C

  • 15:00

    +25 C

  • 16:00

    +25 C

  • 17:00

    +25 C

  • 18:00

    +24 C

  • 19:00

    +22 C

  • 20:00

    +20 C

  • 21:00

    +19 C

  • 22:00

    +18 C

  • 23:00

    +18 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Кириш

Toshkent

Toshkent Shahar

Payshanba, 02-April

+20C

  • Hozir

    +20 C

  • 11:00

    +21 C

  • 12:00

    +23 C

  • 13:00

    +24 C

  • 14:00

    +25 C

  • 15:00

    +25 C

  • 16:00

    +25 C

  • 17:00

    +25 C

  • 18:00

    +24 C

  • 19:00

    +22 C

  • 20:00

    +20 C

  • 21:00

    +19 C

  • 22:00

    +18 C

  • 23:00

    +18 C

  • Payshanba, 02

    +20 +20

  • Juma, 03

    +18 +20

  • Shanba, 04

    +13 +20

  • Yakshanba, 05

    +16 +20

  • Dushanba, 06

    +18 +20

  • Seshanba, 07

    +13 +20

  • Chorshanba, 08

    +13 +20

  • Payshanba, 09

    +15 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Dalillar biz tomonda, qaror esa…

yoxud 14 oila taqdiri kimning qo'lida?
Jamiyat
57 11:19 | 02.04.2026 11:19


Bizni 2022 yildan buyon bir masala qiynab kelyapti. U haqda tegishli tartibda ko'p idora-tashkilotlarga murojaat qildik, ammo foydasi bo'lmadi.


Masalaning qisqacha mazmuni shundaki, Toshkent viloyati, Parkent tumani, «Boyqozon» MFY hududidagi yerlarga aholi 2000 yillardan buyon egalik qilib kelayotgan edi. 2006 yilga kelib, shu joylarga tutash bo'lgan ferma sotuvga qo'yildi. 2022 yilga qadar aholini hech kim bezovta qilmadi. Bu orada odamlar o'ziga tegishli yerlarga uy solib, ayrimlari ko'chib chiqdi.


2022 yilga kelib, fermerning fe'li aynib qoldi. Aholiga tegishli yerlarga da'vo qila boshladi. Shundan beri haqiqat qaror topishi uchun kurashib kelyapmiz. Qo'limizda yetarlicha dalil va hujjatlar bor.


«Ishonch» gazetasi obunachilaridanman. Oxirgi yillarda gazeta sahifalarida aholining muammolari keng yoritilib, ijobiy yechim topayotganiga guvohman. Shu bois umid bilan tahririyatga murojaat yo'llayapman. Muammomiz gazetada yoritilib, mas'ullar e'tiboriga havola etilsa, ijobiy yechim topadi, degan umiddaman.


Xo'sh, yer kimniki?


Shu vaqtgacha ushbu nizoli holat bitta jinoiy, bir nechta ma'muriy sudda ko'rildi. Ammo «So'qoq sut buloq» fermer xo'jaligi rahbariyati talashayotgan yer maydoni unga tegishli ekanini tasdiqlovchi bironta hujjat taqdim etmadi, hisob. vaholanki, Parkent tumani «Boyqozon» MFY hududidagi ferma auktsionga qo'yilgan paytdagi hujjatlarda bino-inshootlar joylashgan yer maydoni 10,8 gektar deb ko'rsatilgan. Tuman hokimining 401-qaroriga ilova qilingan chizma yoki loyiha mavjud emas. Jinoiy sud jarayonida buni fermer xo'jaligi rahbari S.Husanovning o'zi ham tan olgan. Xususan, 2006 yilda sut tovar fermasi sotib olingan paytda yer maydoni chegaralari aniq ko'rsatilmaganini, kadastr xodimlariga murojaat qilingani bilan masala hal etilmaganini bildirgan. Shuningdek, ushbu yer maydoni fermer xo'jaligiga emas, balki tuman yer zaxira fondiga tegishli ekani Parkent tumani kadastr bo'limi tomonidan prokuraturaga berilgan ma'lumotnomada o'z aksini topgan.


6 oylik muddat nega o'tkazib yuborildi?


Xo'p, agar, da'vo qilinayotgan yer maydoni, haqiqatan ham, fermerga tegishli bo'lsa, u holda nega o'z huquqlari buzilganini qonunda belgilangan tartibda, ya'ni 6 oylik muddat ichida sud orqali himoya qilmadi? Fermer xo'jaligi vakili bu savoldan avvalgi sudlarda «Biz bilmagandik», degan mujmal javob bilan qutulib qolgan. Ammo ushbu iddaoga zid bir nechta holat mavjud.


Birinchidan, aholi ushbu yerlarga 2006 yildan buyon egalik qilib kelyapti. 2012 yilda esa, tuman hokimining tegishli qarori va boshqa hujjatlar asosida zaxira yer maydoni hisobidan bir dehqon xo'jaligiga 20 sotix, bir fermer xo'jaligiga 50 sotix yer ajratilgan. Bu hujjatlar sudga taqdim qilingan. Yerlar o'ralgan, daraxtlar ekilgan, binolar qurilgan. Buni ko'rmaslik, bilmaslik mantiqqa zid emasmi? Har holda fuqarolar yerga ko'p yillar mobaynida ochiq-oydin egalik qilib kelishgan va hech kimdan yashirmay, uy-joy solishgan.


Ikkinchidan, 2015 yilda fermer xo'jaligi yerlari «O'zdavlat yer loyiha» institutining Toshkent viloyati boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida xatlovdan o'tkazilgan. Dalolatnomada yer maydoni 16,93 gektar, deb qayd etilgan. Fermer o'sha hujjatga o'z qo'li bilan imzo chekkan va muhr bosgan. Demak, yer hajmi o'shandayoq aniq va ravshan bo'lgan.


Uchinchidan, 2019 yilda tuman hokimligi va MFY tashabbusi bilan davlat byudjeti hisobidan 500 metr yo'l asfal't qilindi. Aholi mablag'lari hisobidan 200 metrlik elektr liniyasi va 380 metrlik gaz quvuri tortildi. Ichimlik suvi keltirildi. Bu ishlarda fermer xo'jaligi vakillari ham bosh-qosh bo'lishgan. Hatto qisman homiylik ham qilishgan. O'sha paytda fermerning fuqarolarga nisbatan hech qanday da'vosi bo'lmagan.


Shirkat xo'jaligini xususiylashtirish jarayonida ishtirok etgan va yer chizmalarini tayyorlagan B.Ergashovning sudda bergan ko'rsatmasiga ko'ra, fermerga ajratilgan yer maydoni chegaralari aniq belgilangan, fuqarolar uy-joy qurgan hudud esa, fermerga aloqador emas.


Da'vo muddati va jinoiy ish


Shu tariqa 10 yil o'tkazib yuborilgan da'vo muddati Nurafshon tumanlararo ma'muriy sudi tomonidan jinoiy sud hukmiga asoslanib tiklandi. O'sha paytdagi jinoiy ishda tuman kadastr palatasi rahbari F.Jo'raboev Jinoyat kodeksining 207-moddasi birinchi qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan. Ammo Jinoyat kodeksining 64-moddasi birinchi qismi «a» bandiga asosan, javobgarlikka tortish muddati o'tib ketgani sababli jazo tayinlanmagan.


E'tiborlisi, sud uy-joylarni buzish haqida hech qanday qaror qabul qilmagan. Faqat bu haqda ma'muriy sudga murojaat qilish tavsiya etilgan.


Amaldagi qonunchilikka ko'ra, shaxs o'z huquqlari buzilganini bilgan yoki bilishi kerak bo'lgan vaqtdan boshlab, 6 oy muddat ichida sudga murojaat qilishi shart. Mansabdor shaxsning vazifasini bilmasligi yoki uni vaqtida bajarmasligi uzrli sabab hisoblanmaydi.


Er, soliq va raqamlar…


Yer talashayotgan fermer xo'jaligining yer maydoni tegishli hujjatlarda 248 gektar, deb ko'rsatilgan: 195 gektari Parkent tumani So'qoq qishlog'ida, 53 gektari esa «Boyqozon» MFY hududida joylashgan. Ammo Toshkent viloyati soliq boshqarmasining 2025 yil 16 iyundagi 21-9265-ma'lumotnomasiga ko'ra, 2022 va 2023 yillarda 243,97 gektar, 2025 yilda esa 215,66 gektar yer maydoni bo'yicha hisobot taqdim etilgan. Yer maydoni turli yillarda turlicha ko'rsatilgan fermer xo'jaligining yer solig'idan qariyb 90 million so'm qarzdorligi ham mavjud. Bundan tashqari, 10 gektardan ziyod yer maydoni qarovsiz qolib, tikanzorga aylangani haqida dalolatnoma tuzilgan.


14 oila taqdiri


Hozirgi kunda nizoli hududda 14 ta xonadon 4 sotixdan 10 sotixgacha yerda uy-joy qurgan. Ayrimlar 2006-2008 yillardan buyon bu joylarga egalik qilib kelmoqda. Kimlardadir yer o'ziga tegishli ekani haqida tuman hokimining tegishli qarori bor. 7 nafarining uy-joy kadastr hujjati tegishli tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilgan. Ular 8-9 yildan buyon yer va mol-mulk solig'ini o'z vaqtida to'lab kelishmoqda. 5 ta oila shu yerda muqim yashamoqda. Har birining 3-4 nafar bolasi bor. Qolganlar sud ishlari tufayli ko'chib kelishni kechiktiryapti.


Ferma xususiylashtirilganiga 20 yil bo'ldi. Lekin yer maydoni o'ralmagan, qarovsiz qolib ketgan. Bu yerdan 200-300 nafar o'quvchi maktabga qatnaydi.


Qonun hammaga barobar emasmi?


Xo'sh, 20 yil davomida yerdan samarali foydalanilmagan, qarzdorlik yuzaga kelgan, da'vo muddati o'tkazib yuborilgan bo'lsa-da, bular inobatga olinmay, bir tomonning manfaati himoya qilinishini qanday izohlash mumkin? Aslida tuman hokimligi fermer va fuqarolar o'rtasidagi nizoni ijobiy hal qilishi kerak emasmi? Fermer o'z majburiyatlarini qay darajada bajardi? Davlatga qancha sut mahsulotlari yoki go'sht topshirdi? Axir, u yerni olayotgan paytda zimmasiga bir qator majburiyatlarni olgan-ku! Nima uchun tuman prokuraturasi mana shu holatlarni xolislik bilan, qonuniy tartibda o'rganib chiqmayapti?


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev inson qadrini ulug'lash, ayniqsa, yosh oilalarni qo'llab-quvvatlash, ularning yashash shart-sharoitlarini yaxshilash zarurligini bot-bot ta'kidlab, adolatli farmon va qarorlar chiqarmoqda. Xususan, 2018 yil 20 aprelda davlatimiz rahbarining «Fuqarolarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar hamda o'zboshimchalik bilan qurilgan turarjoylarga nisbatan mulk huquqini e'tirof etish bo'yicha bir martalik umumdavlat aktsiyasini o'tkazish to'g'risida»gi farmoni qabul qilindi. Hujjat doirasida minglab kadastr hujjati yo'q uy-joylar e'tirof etilib, ularga egalik huquqi berildi.


Shuningdek, davlatimiz rahbarining tashabbusi va sa'y-harakatlari bilan 2024 yil 9 aprelda Qonunchilik palatasi tomonidan «O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida»gi qonun qabul qilindi.


Mamlakatimizda insonparvarlik tamoyili asosida mana shunday ishlar olib borilayotgan bir paytda fuqarolar o'z haq-huquqlarini tiklolmay, idorama-idora, sudma-sud sarson-sargardon yurishi adolatdanmi?


Biz, ya'ni «Boyqozon» MFYda yashovchi bir guruh fuqarolar mas'ullardan bizni 4-5 yildan beri qiynab kelayotgan mazkur masalaga e'tibor qaratishini, haqiqiy holatni xolislik bilan, inson manfaatlarini hisobga olgan holda o'rganib, aholining qonuniy huquq va manfaatlarini ta'minlashini so'rab qolamiz.


Zero, adolat faqat qog'ozda emas, inson taqdirida ham namoyon bo'lishi kerak!


Rahmatilla MUZAFFAROv
Parkent tumani


Tahririyatdan: Fuqaroning murojaati shundayligicha mutasaddilar e'tiboriga havola etilmoqda. Haqiqatan ham, unda ko'tarilgan muammo dolzarb bo'lib, jiddiy o'rganishni taqozo etadi. Zero, gap ko'plab oilalar, insonlar taqdiri haqida bormoqda.


Mazkur masala yuzasidan tahririyat mas'ul idora va tashkilotlarga ham minbar berishga tayyor.



Изоҳ қолдириш
Жўнатиш
Mақолага баҳо беринг
0/5

0

0

0

0

0

Mақолага баҳо беринг
0/5

0

0

0

0

0

Мавзуга оид

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 6186 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat