Ta’lim krediti: shartlar va imtiyozlar haqida batafsil

O‘quv yili boshlandi. Ko‘pchilik talabalar albatta ta’lim kreditiga ehtiyoj sezishadi.  Bir qator banklar tomonidan barcha oliy, o‘rta-maxsus va professional ta’lim tashkilotlari talabalari uchun ta’lim kreditlari ajratiladi. Talaba ta’lim krediti summasini o‘qishni bitirganidan so‘ng 7 yil davomida qaytarishi mumkin. Ta’lim krediti olish shartlari va imtiyozlari haqidagi savollarimizga “Xalq banki” axborot xizmati mutaxassislari  javob berdi.
Mehnat huquqi
4527 10:00 | 12.09.2023 10:00

Kredit ish joyiga ega bo‘lmagan talabalarga ham beriladi. Buning uchun ularga kafil kerak bo‘ladi. Faqat kreditni rasmiylashtirish va uning qaytarishda talabaning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, turmush o‘rtog‘i) va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishi mumkin.


Aksariyat banklar tomonidan ta’lim kreditlari 14 foiz stavkada berilmoqda.


Ta’lim krediti kimlarga beriladi?


– Respublikadagi barcha xususiy, xorijiy va davlat oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallarida kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakli bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun ajratiladi. Talabalar o‘zlari uchun qulay bo‘lgan bank va ularning filiallariga murojaat qilishlari mumkin.


Ta’lim kreditini olishda xotin-qizlarda qanday imtiyozlar bor?


– Ta’lim kreditini rasmiylashtirgan xotin-qizlar faqat ta’lim kreditini to‘laydi, foiz to‘lamaydi. Ta’lim krediti bo‘yicha foiz to‘lovlarini so‘ndirish Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, ularni tijorat banklariga to‘lash orqali amalga oshiriladi.


Ta’lim krediti olish uchun qanday xujjatlar taqdim etiladi?


– Talaba pasport (ID kartasi) to‘lov kontrakt shartnomasi. Kafil pasporti (ID kartasi) taqdim etiladi.


Ta’lim kreditini kafilsiz olish mumkinmi?


– «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi.


Super-kontrakt uchun ta’lim krediti olish mumkinmi?


– Super-kontrak uchun ta’lim krediti ajratilmaydi.


Agar talaba talabalar safidan chetlatilsa nima bo‘ladi?


– U holda ta’lim krediti muddatidan oldin qaytarilishi lozim.


Kreditni muddatidan oldin yopsa bo‘ladimi?


– Kredit oluvchi (birgalikda kredit oluvchi) ta’lim krediti bo‘yicha asosiy qarzni ta’lim krediti shartnomasida belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqlidir.


Kam ta’minlanganlar uchun imtiyoz bormi?


– «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi.


Ariza qancha muddatda ko‘rib chiqiladi?


– Ariza 5 kun ichida ko‘rib chiqiladi.
Ariza qabul qilingach bank talabaning 1 yillik ta’lim kreditini shartnoma shartlaridan kelib chiqqan holda to‘lab beradi.


Talaba keyingi yil uchun yana shu tartibda bankka qayta murojaat etishi kerak bo‘ladi.


Feruza Rahimova,
ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid