Murojaat: “Mehnat huquqimiz toptalayapti, mas’ullar jim…”

Mehnat huquqi
3555 16:16 | 05.08.2023 16:16

«Ishonch» do‘koni O‘zbekiston qonunlarini mensimayapti(mi)?


Ishonch. uz ga murojaat: “ Biz Andijon shahridagi “Ishonch” do‘konida ishlovchi ayollar nomidan yozmokdamiz. Do‘konimizda barcha ishchilarning mehnat huquqlari toptalmoqda. Sababi, bizning ish vaqtimiz soat 8:00dan 17:00 gacha bo‘lish kerak. Lekin do‘kon rahbariyati bizni soat 19:00gacha ishlatishmokda. Axir mehnat qonunchiligida haftasiga 6 kunlik ish kuni, har kunlik ish vaqti 8 soatdan oshmasligi (P.S. qonunda 7 soatdan,izoh bizniki) kerak deyilgan. Lekin ortiqcha ishlagan vaqtimizga bizga ish haqi to‘lanmaydi.
Axir bizning bolalarimiz bor, ularni bog‘chadan olishimiz kerak, uy-ro‘zg‘or ishlariga ulgurishimiz kerak, lekin “Ishonch” do‘koni rahbarlari buni tushunmay, savdo rejasini bajarishimiz kerak deb, bizni me’yoridan ortiq mehnat qilishga majburlamoqda.
Do‘konda ishlayotgan erkaklarni tushunsa bo‘ladi, ular indamay bizdan keyin ham qolib ishlashadi, lekin ayollarga biroz yengillik berishsin.
Agar gaplarimiz yolg‘on bo‘lsa, mehnat inspektsiyasi vakillari do‘konimizga kelib, har kuni ishga kelib-ketishni nazorat qiluvchi Face IDni tekshirib ko‘rsin. Iltimos, biz ayollarga yordam beringlar.” — deyilmoqda xabarda.


P.S. Mehnat qonunchiligida haftalik ish me’yori 40 soatdan oshmasligi belgilab qo‘yilgan. Andijon viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspektsiyasi, viloyat kasaba uyushmalari mehnat inspektsiyalari holatni qanday baholarkan? Mutasaddilardan rasmiy javob kutib qolamiz. Eslatib o‘tamiz, Ishonch.uz tahririyati va «Ishonch» do‘konlar tarmog‘i o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q. Mazkur do‘kon bizning OAV bilan nomi bir hil bo‘lgan, ammo bir-biriga aloqasi yo‘q ikkita boshqa-boshqa tuzilma hisoblanadi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Mehnat huquqi
Mehnat huquqi
Mehnat huquqi
Shifokorlar huquqi tiklandi
0 3113 12:32 | 26.09.2023
Mehnat huquqi