Samarqanddagi oshxona gaz tarmog‘ini «tunadi»: zarar 1,5 milliard so‘m
Samarqand viloyatida huquq-tartibot organlari hamda soha mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan keng qamrovli reyd tadbirlari davomida tabiiy gazdan noqonuniy va yashirin tarzda foydalanish bilan bog‘liq yirik tarmoqdagi jinoyat fosh etildi.
“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filialining komplayens nazorat tuzilmasi, tuman gaz ta’minoti bo‘limi hamda “O‘zenergoinspektsiya” vakillari hamkorligida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida Samarqand tumanidagi “Ko‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan, “S.A.F.I” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli umumiy ovqatlanish maskanida qonunbuzarlik holati qayd etildi. Oshxona mas’ullari davlat tarmog‘iga yashirin usulda ulanib, uzoq vaqt davomida tabiiy gazdan qonunga zid ravishda foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat bo‘yicha tegishli idoralar xodimlari tomonidan belgilangan tartibda rasmiy dalolatnoma tuzildi. Soha mutaxassislarining dastlabki qayta hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu yashirin ulanish oqibatida davlat manfaatlariga va energetika tizimiga jami 1 milliard 548 million so‘m miqdorida juda ko‘p miqdordagi moddiy zarar yetkazilgan. Noqonuniy iste’molga chek qo‘yilib, to‘plangan barcha hujjatlar aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish va yetkazilgan yirik zararni undirish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0