Hayratlanarli

Timsoh hujum qilganda uning ko'zlarini bosish kerak. Shunda u jag'larini bo'shatadi va ortga chekinadi. Faqat bunday tavsiya berganlar timsohning ko'zlariga qanday qilib yetib borishni o'rgatishmagan;
Hodisa
4596 10:00 | 04.11.2023 10:00

◾️ Dunyo internet-trafigi yiliga 300 ming foizdan ko'proqqa o'sib boradi;


◾️ Jahondagi kemalarning 70 foizidan ko'prog'i baliqchilikka u yoki bu darajada ixtisoslashgan;


◾️ Har o'ninchi amerikalik qachondir Makdonal'dsda ishlagan;


◾️ 300 yil oldin ham misrliklarning o'rtacha umri 30 yosh bo'lgan;


◾️ Sel'derey ko'kati salbiy kaloriyaga ega, ya'ni uni yeyish davomida oladigan energiyaga nisbatan ko'proq sarflaysiz;


◾️ Shtrix-kodli birinchi mahsulotlar Wrigley saqichlaridir;


◾️ Rossiya xazinasining o'rtacha 10 foizi aroq savdosi hisobidan to'ldiriladi;


◾️ Inson umrining taxminan 6 oyi sfetoforda kutish bilan o'tadi, degan fakt eskirib bo'lgan. Bugungi kunda bu ko'rsatkich ancha oshgan, lekin aniq muddat bahsli;


◾️ Ikkinchi jahon urushi yakunida Berlinga tashlangan birinchi bomba hayvonot bog'iga tushgan va filni o'ldirgan;


◾️ Lahza (on) tushunchasi turlicha talqin qilinadi. Ammo uning ilmiy o'lchami soniyaning yuzdan biridir;


◾️ Agar inson burga singari sakray olganida edi, u futbol stadioni ustidan sakrab o'ta bilardi;


◾️ Kirpining yuragi daqiqasiga 300 marta atrofida uradi;


◾️ Yer sharida har kuni yangi tug'ilgan chaqaloqlarning taxminan 10-12 nafarini boshqa ota-onalarga adashib berib yuboradilar;


◾️ Urg'ochi sherlar o'ljaning 90 foizini keltiradilar, erkak sher kuniga 20-22 soatgacha uxlaydi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid