Qiziqarli faktlar: Napoleonning bo‘yi qancha bo‘lgan?
Qadimgi Xitoyda Nushu yozishma tili bo‘lgan. Uni ayollar o‘ylab topishgan va faqat ayollar foydalanishgan. Dunyoda eng keng tarqalgan so‘zlashuv tili – xitoy tilining mandarin shevasi.
◾️ Bolali oilalar bolasizlarga qaraganda kamroq ajrashadi.
◾️ Ba’zi delfinlar 60tagacha so‘zni farqlay oladi, ulardan esa 2000tagacha gap tuzish mumkin.
◾️ Til, tomoq va tanglay yuzasida 9000ga yaqin retseptorlar mavjud.
◾️ Arteriya, vena va kapillyar tomirlarning uzunligi 60000 kilometrga yaqin.
◾️ Merilin Monroda she’riyatga qiziqish kuchli bo‘lgan. Hatto o‘zi ham ba’zan qog‘oz qoralab turgan.
◾️ Tennesi shtatida yakshanba kunlari bolalarning litsenziyasiz o‘ynashi noqonuniy sanaladi.
◾️ Kaliforniyada xalat kiygan ayollarga mashina haydash taqiqlanadi.
◾️ Kevlar sintetik tolasi po‘latdan besh barobar mustahkamroq.
◾️ “Western Union” firmasi ovozli telegrammalarni kashf etgan.
◾️ Ilk sug‘urta qog‘ozi Amerika mustamlakalari hududida 1721 yilda yozilgan.
◾️ Odam o‘z umri davomida 27 tonnaga yaqin turli taomlarni tanovul qiladi.
◾️ Ko‘z yoshdagi tuz miqdori 0.9%ni tashqil qiladi.
◾️ Taniqli basketbolchi Shakil O'Nil 55 o‘lchamli krossovka kiyadi.
◾️ Ayollar poyabzalining eng keng tarqalgan o‘lchami – 39.
◾️ Frantsuz qiroli Sharl VIIIning oyog‘ida oltitadan panja bor edi, shuning uchun unga doim maxsus poyabzal tikishgan. Bu esa vaqt o‘tib to‘rtburchak uchli poyabzalning kashf qilinishiga sabab bo‘ldi.
◾️ Qadimgi inklarning e’tiqodiga ko‘ra, sevishganlar poyabzallarini almashgandagina er va xotin sanalgan.
◾️ Aktyor Jek Nikolson bir paytlar multqahramonlar Tom va Jerrining muxlislari xatlariga javob beruvchi bo‘lib ishlagan.
◾️ Rasman ilk pochta markalari 1840 yilda Buyuk Britaniyada paydo bo‘lgan.
◾️ Har ikki amerikalikning bittasi odamdan qoladigan ilk taassurot uning tabassumi deb hisoblaydi.
◾️ “Arzanda” (2003) filmida Pimliko otchoparidagi tomoshabinlarning aksariyati damlama maneken bo‘lgan.
◾️ Napoleon Bonapart, ba’zilar aytganidek, pakana bo‘lmagan. Uning bo‘yi 169 santimetr bo‘lgan.
◾️ Haligacha ishlayotgan eng qadimgi universitet Bolonyada joylashgan. U 1088 yilda ochilgan.
◾️ Uels konchilari beldagi ko‘mir changini yuvib tashlash umurtqa pog‘onasini zaiflashtiradi deb hisoblashgan.
◾️ Shveytsariyada 1515 yildan beri urush bo‘lmagan.
◾️ Kanadaga qo‘shilishdan oldin Nyufaundlend oroli mustaqil davlat bo‘lgan.
◾️ Aytishlaricha, qirol Arturning dumaloq stoli atrofiga 150 kishi siqqan.
◾️ Mars diametri 6794 kilometr, bu esa Yer diametridan ikki barobar kichik.
◾️ Angishvonaga taxminan 600.000.000.000.000.000.000.000 atom sig‘adi.
◾️ “Battle Hymn of the Republic” xit qo‘shig‘i bilan tanilgan “Mormon Tabernacle Choir” guruhi 375 kishidan iborat.
◾️ Eng katta xayriya kontserti 1994 yilda Braziliyada bo‘lgan. Unda Rod Styuart qo‘shiq aytgan. Tomoshabinlar soni esa, kamtarona hisob bo‘yicha, 3500000 bo‘lgan.
◾️ Amazonkaning nam o‘rmonlari butun dunyodagi kislorodning beshdan bir qismini hosil qiladi.
◾️ Tagliklar barcha Amerika axlatxonalarining 1 foizdan ko‘proq joyini egallaydi va 250 yil davomida chiriydi.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0