Qiziqarli faktlar: Prezidentlik saylovida g‘alaba qozongunga qadar Avraam Linkoln necha marta saylovlarda yutqazgan?
Yangi axborot paydo bo‘lishining tezligi shundayki, bugun odamlarga ma’lum bilimlarning 90 foizi 50 yil oldin fanga ma’lum emasdi.
◾️ Har kuni quyosh nuri ta’sirida Yer yuzasidan bir milliard tonnaga yaqin suv bug‘lanib ketadi.
◾️ Suv qunduzi atigi bir marta nafas olib, suv ostida 800 metrgacha suzishi mumkin.
◾️ Venera sayyorasida Quyosh g‘arbdan chiqadi.
◾️ Har kuni Yer aholisi o‘rtacha 238 ming kishiga ko‘payadi, har soniyada kamida 4 nafar bola tug‘iladi.
◾️ Boks bo‘yicha og‘ir vaznda jahon chempioni Jin Tanni keksalik chog‘ida Yel universitetida Shekspir haqida ma’ruza o‘qigan.
◾️ 1860 yilda prezidentlik saylovida g‘alaba qozongunga qadar Avraam Linkoln sakkizta turli darajadagi saylovlarda mag‘lub bo‘lgan.
◾️ 20 yoshli daraxtdan 700tacha qog‘oz sumka yasash mumkin.
◾️ Amerikaliklar har yili o‘z uy hayvonlariga o‘rtacha 6 million dollar sarflashadi.
◾️ Bosh rolni Elizabet Teylor o‘ynagan “Kleopatra” filmi Misrda taqiqlangan, chunki aktrisaning kelib chiqishi yahudiylarga borib taqaladi.
◾️ Dengiz fillari bir milgacha sho‘ng‘ishi mumkin. Hatto kitlar ham bunchalik chuqur sho‘ng‘iy olmaydi.
◾️ Pablo Pikasso yetishmovchilik tufayli o‘z kartinalarini yoqib isinishga majbur bo‘lgan.
◾️ Nikaragua aholisi vulqonga chiroyli qiz tashlansa, vulqon otilishi albatta to‘xtaydi deb hisoblashgan. Shu tariqa Nikaraguada go‘zal qizlar juda tez tugab qolgan.
◾️ Bambuk (dunyodagi eng baland o‘t) kuniga to‘qson santimetrgacha o‘sishi mumkin.
◾️ Jon Rokfellar Qo‘shma Shtatlardagi birinchi milliarder bo‘lgan.
◾️ Kobralar 20 yilgacha yashaydi.
◾️ Frantsiyalik astronom Adriyen Ozu oydagi hayvonlarni ko‘rsatadigan katta teleskop qurishni xohlagan.
◾️ Zanglamaydigan po‘lat 1913 yilda tasodifan yaratilgan.
◾️ Entomofobiya – hasharotlardan qo‘rqish.
◾️ 1850 yilgacha golf koptokchalari teridan tikilib, ichiga pat to‘ldirilgan.
◾️ Sug‘ur soatiga ikki ming yuz martagacha nafas oladi, lekin qishki uyqu vaqtida u bir soatda 10 martadan ko‘p nafas olmaydi.
◾️ Har yili amerikaliklar tish pastasiga 1,5 milliard dollar sarflashadi.
◾️ Faqat ikkita davlat: Yunoniston va Avstraliya barcha zamonaviy Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan.
◾️ Napoleon Bonapart mushuklardan qo‘rqqan.
◾️ Edvard Kennedi ispan tili imtihonida yolg‘on ishlatgani uchun Garvarddan vaqtincha haydalgan.
◾️ Odam burnida 5 millionga yaqin hid bilish hujayralari joylashgan.
◾️ Barcha Amerika prezidentlari ko‘zoynak taqqan: shunchaki ayrim prezidentlari omma oldida taqmagan.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0