Ishonch PAPARATSI - Davlat boshqaruvining eng oliy bo‘g‘inida — SENAT

O'zgacha rakurs
1000 10:00 | 10.02.2026 10:00

Bu binoda qonunlar muhokamasi qaynaydi, davlat boshqaruvidagi muvozanat ta’minlanadi. “Ishonch PAPARATSI” hokimiyatning eng mulohazali, sokin va adolatli kemasi bo‘lgan - Oliy Majlis Senati xodimlarini “ovladi”.


Fotosuratlarda qonunchilik va davlat boshqaruvida ishtirok etayotgan insonlarning ish kuni qanday boshlanishi, qarorlar ortida turgan qiyofalarning tonggi kayfiyati ifodalanadi.


«Ishonch PAPARATSI» inson omilini, pozitivlik va ochiqlikni asosiy qadriyat sifatida ilgari suradigan media tashabbusdir.


Ishonch.uz suratlar izohini biroz yumor bilan uyg‘unlashtirgan.


«Ko‘zoynak va kepka — bu shunchaki uslub emas, bu "Paparatsilar meni tanimay qolsin", degan kichik umid edi. Lekin Ishonch.uz'dan qochib bo‘larkanmi?»



Senat raisi yordamchisi: " Ichkarida o‘tiraverib, tashqarida nima gaplar ekanini bilmay qolarkansan-a..."



«Qochinglar, yo‘lni bo‘shatinglar! Hozir ichkarida muhim qonun qabul qilinadi, mening bir soniya kechikishim tarixni o‘zgartirib yuborishi mumkin!»



"Qiyin-qiyin hammadan ham spichrayterga qiyin"


Yalpi majlis kunlari Senat raisi spichrayteri Abdusamad Rahimov kun bilan tunning farqiga bormay qoladi.



«Qobul Tursunov ob’ektivimizda. Navoiyning sobiq hokimi, Senatning hozirgi "generali" — ishga doimgidek barvaqt va jiddiy kayfiyatda»



«Tonggi birinchi vazifa — xabarlarni tekshirish! Senatda ham doim eng muhim yangiliklar bor».



G. Marufova: «Ertalabdan kayfiyatni ko‘tarish uchun bitta kofe ichib olmasam bo‘lmas".



«Ishga mana shunday paket bilan kelish — kunning ijobiy o‘tishiga 100% kafolat. Eng muhimi, ichidagi shirinlik bor!»



— Bugungi reja qanday?
— Avval Yalpi majlisni o‘tkazib olaylik, keyin qolgan rejani aytaman...!»



"Elektr kuvvati bilan ishlaydigan mashina va to‘xtamas energiya bilan ishlaydigan senator".


Senat xodimi uchun birinchi qoida — ishga kech qolmaslik!



"Inson huquqlarini Senatda ham himoya qilishim kerak..."



"Alo, telefon qilmay tur, men Senatga kirayapman".



"Vazirlar o‘rinbosarlarining ham bir oyog‘i doim Senatda..."




Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

O'zgacha rakurs
Gap shaxslarda emas, tizimda...
0 3602 16:18 | 05.08.2023
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs