Qylupnaydan aslo yutqazmaysiz
Uychi tumanining Fayziobod mahallasida yashovchi Qodirjon Aliev issiqxonada qulupnay yetishtirishib nafaqat oilaviy daromadni oshirmoqda, balki mahalliy bozorlarni ham yangi va sifatli mahsulot bilan ta'minlamoqda.
20 sotixlik zamonaviy issiqxonada tadbirkor “Sharli” navli qulupnayni parvarish qilmoqda. U issiqxona xo'jaligi bilan salkam o'n yildan buyon shug'ullanib keladi.
— Ilgari asosan pomidor va bodring yetishtirardim. Endilikda O'tgan yili sentyabr' oyidan 5 ming tup “Sharli” navli qulupnay ekib, gidroponika texnologiyasi asosida hosil yetishtirishni yo'lga qo'ydim. Bu usul suv va o'g'it sarfini tejab, hosildorlikni oshirish imkonini beradi, — deydi Qodirjon Aliev.
Dastlabki hosil dekabr' oyida olingan. Ayni paytda esa kuniga 20 kilogrammdan ortiq sara mahsulot mahalliy bozorlarga yetkazib berilmoqda. Har bir kilogrammini bozorda 40-50 ming sÿmdan bo'lgan xaridorgir mahsulotni daromadini ÿzingiz hisoblab olavering. Rejaga ko'ra, iyul' oyiga qadar yana besh marta hosil olish mumkin.
Albatta, qulupnay parvarishi oson emas. Harorat va namlik me'yorini doimiy nazorat qilish, o'simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoyalash, sifatli ozuqa berish katta e'tibor talab qiladi. Shu bois issiqxonada oilaning to'rt a'zosi doimiy mehnat qilmoqda. Bu esa nafaqat mo'may daromad, balki bandlik manbai hamdir.
Tadbirkorning ta'kidlashicha, qish faslida mahalliy qulupnayga talab yuqori bo'ladi. Shetdan keltirilgan mahsulotga nisbatan yangi uzilgan, tabiiy ta'mga ega qulupnay doim xaridorgir.
Anvarjon Halimov
“Ishonch”




Mақолага баҳо беринг
0/50
0
0
0
0