Xokkeychilarimiz jahon chempioni

Gonkongda shaybali xokkey bo‘yicha jahon chempionati III V divizioni yakuniga etdi.
Sport
655 21:47 | 19.04.2026 21:47

Chempionat O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Xokkeychilarimiz 5 ta uchrashuvda muzga tushib barchasida g‘alaba qozonishdi:


  • O‘zbekiston — Mongoliya — 26:1.
  • O‘zbekiston — Filippin — 28:3.
  • O‘zbekiston — KXDR — 20:3.
  • O‘zbekiston — Lyuksemburg — 14:0.
  • O‘zbekiston — Gonkong — 9:4.

Shu tariqa, terma jamoamiz 5 ta o‘yinda raqiblar darvozasiga jami 97 ta shayba kiritdi va III B divizion chempionligini qo‘lga kiritdi.


Qayd etish kerak, chempion bo‘lgan terma jamoamiz tarkibining asosini O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi xokkeychilari tashkil etadi.


Endi kelasi yil O‘zbekiston terma jamoasi xokkeychilari jahon chempionatining III A divizionida ishtirok etishadi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0