Xivada ilk bor etno sport bo‘yicha xalqaro festival o‘tkazilmoqda

Sport
2842 10:24 | 12.09.2023 10:24

Festival uchun dunyoning 60 dan ziyod davlatidan 2000 ga yaqin sportsevarlar Xiva shahrida jam bo‘ldi.


Butunjahon etno sport konfederatsiyasi, YuNESKO kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida o‘tkazilgan festivalning tantanali ochilish tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov, Rossiya Federatsiyasi sport vaziri Oleg Matыtsin, Ozarbayjon Respublikasi Yoshlar va sport vaziri Farid Gaipov va boshqalar so‘zga chiqdi.


Festival doirasida 10 dan ziyod sport turlari bo‘yicha turli tadbirlar, jumladan, belbog‘li kurash bo‘yicha xalqaro turnir, o‘zbek jang san’ati, mass resling, bahodirlar o‘yini va tosh ko‘tarish bo‘yicha jahon chempionatlari o‘tkazilmoqda.


Shuningdek, kamondan otish bo‘yicha xalqaro ochiq turniri, qushlar ovi va ot sporti turlari bo‘yicha ko‘rgazmalar bo‘lib o‘tmoqda. Mohir oshrazlar ishtirokida osh musobaqasi, milliy taomlar ko‘rgazmasi, madaniy tadbirlar tashkil qilinmoqda.
7 sentyabr kuni boshlangan festival 10 sentyabrga qadar davom etadi.


Muhabbat To‘raboyeva,
ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0