O'zgacha rakurs
4858 08:52 | 19.05.2026 08:52

“Ishonch PAPARATSI”ning bu galgi nishoni — mamlakat huquq tizimining tomiri O‘zbekiston Adliya vazirligi.

Fotosuratlarda qonun ustuvorligi va adolat tamoyillari yo‘lida xizmat qilayotgan adliya xodimlarining tonggi ish kayfiyati aks etgan.

Ularni ob’ektiv qarshisiga olgan «Ishonch PAPARATSI» inson omilini, pozitivlik va ochiqlikni asosiy qadriyat sifatida ilgari suradigan media tashabbusdir.

Ishonch.uz suratlar izohini biroz yumor bilan uyg‘unlashtirgan.


Adliyada yangi ish kuni...
Vazirlik mehnat qonunchiligi va ichki tartib-qoidalarga amal qiladimi? Soat millari 9:00 ga yaqinlashmoqda. Xodimlar belgilangan vaqtda ish joyida bo‘lishadimi? «Ishonch PAPARATSI» kuzatuvni boshladi!



— Mehnat shartnomasida «Dress-kod — bu klassika» deb yozilganmi?! Buni bilmadik. Ammo, qonun himoyachilarining qat’iyat va shaxdam qadamlariga bu kiyim yarashadi.

Tonggi "Formal style" uslubida kelayotgan yurist ishga shay!



Multimedia bo‘limi hodimi jurnalist Xurshid Sultonov doim aloqada.



«Ko‘rinishidan, bugungi kun kayfiyati mashinadan tushishdan oldin tushib bo‘lgan. Nailoj tabassum qilamiz...»



Kunning birinchi savoli:


Rahbariyat xodimga: “Salom. Keldingizmi? Tez xonamga kiring topshiriq bor”.



"Jim turing, shovqinlanmang. Meni "Ishonch paparatsi" suratga olayapti.



«Zamonaviy xodimning zamonaviy ulovi!»


Rivojlangan mamlakatlar tajribasini O‘zbekiston davlat xizmatchilari faoliyatiga olib kirayotgan adliya xodimi — Kun qahramoni!



«Issiq oftob va sovuq hayajon».


Oftobdan qochib soyaga o‘tish mumkin, lekin paparatsidan qochib bo‘lmadi. Tutildim. Lekin bugun ishga kech qolmadim.



«Biz kechikmaymiz, biz shunchaki effektli kirib kelamiz!»


Bunday xotirjamlik va go‘zallik qarshisida hatto soat millari ham biroz to‘xtab tursa arziydi.



Adliya vaziri ishga tongdan keladi.


Bu kun vazirlikda “Mehr ulash” xayriya qon topshirish – donorlik aktsiyasi e’lon qilingan edi.




«Tonggi poyganing og‘ir artilleriyasi!»


Qadamlar shaxdam, maqsad aniq — turniketdan eson-omon o‘tib olish.



«Tonggi pozitiv!»


Ishga kechikish xavfi bo‘lmaganda xodimlarning kayfiyati mana shunday bo‘ladi. Tonggi reydning eng pozitiv tasviri!



Milliy kiyimda, brendli sumkada, telefon qo‘lda — Adliyada ishlash o‘zgacha!



Vazirlikda kechikmay ishga kelishning o‘zi ham katta jasorat



"Men o‘zi doim shunday jilmayib yuraman".



"Mening ishga kelishimning o‘zi bir san’at!"



“Maxfiy agent ishga kelayapti. Bugungi missiya albatta bajariladi.”



Kostyum — ideal. Qadam — ritmik. Sumka — zamonaviy.


Adliya vazirligiga ishga shunday kelinadi!



"Bu hayotda ko‘p narsani ko‘rar odamlar".


Qadam — bir maromda, nigoh — o‘z yo‘lida!



“Men sizni ko‘ryapman. Siz ham meni ko‘ryapsiz.”


"Ishonch paparatsi" bilan so‘zsiz so‘zlashuv.



“Bu paparatsiyalar adliyani ham topib kelibdi-da...”



«Biz uchun ishxona ham o‘z uyimizdek. Uyga borish ham do‘kon orqali, ishga kelish ham...»



Atlas ko‘ylakli xodima!


Bugun bayram kuni emas, lekin adliya xodimalari uchun ishga kelishining o‘zi har doim bayram!



«Tonggi reydning latofatli qahramoni».


Ish kunini go‘zal tabassum va samimiyat bilan boshlaydigan xodima.



"Yo‘l bo‘shating, biz kelyapmiz..."



Eslatma, unutmang, keyingi “ob’ekt” sizning ishxonangiz bo‘lishi mumkin.


Foto: Quvonch To‘rayev
Mirnodir Mirakmalov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

O'zgacha rakurs
Gap shaxslarda emas, tizimda...
0 3602 16:18 | 05.08.2023
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs
O'zgacha rakurs