9 may — Xotira kuniga bag‘ishlangan bayramda bolalar chizgan rasmlar ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tmoqda
Ko‘rgazmada Kasaba uyushmalari saroyidagi to‘garaklarda ijod bilan shug‘ullanayotgan yosh o‘quvchilarning chizgan rasmlari va tayyorlagan ijodiy ishlari ham namoyish etilmoqda. Ayniqsa, ko‘rgazmada tinchlikni tarannum etuvchi ijodiy ishlar alohida o‘rin egallagan. Bolalarning asarlarida musaffo osmon, baxtli bolalik va yurt osoyishtaligiga bo‘lgan mehr yaqqol sezilib turibdi.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0