Sport
864 18:58 | 30.03.2026 18:58

Sport musobaqalari natijalariga noqonuniy ta’sir o‘tkazish holatlariga qarshi qat’iy choralar belgilandi. Bu esa kelishilgan o‘yinlar va boshqa salbiy holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.


Olimpiya shaharchasidagi Sport vazirligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri hamda sport sohasini moliyalashtirishni takomillashtirishga oid qaror mazmuni keng jamoatchilikka yetkazildi. Tadbirda sportda adolat va shaffoflikni ta’minlash ustuvor vazifa ekani alohida ta’kidlandi.


Yangi qonunga muvofiq, dopingga qarshi kurashish, sog‘lom va halol raqobat muhitini shakllantirish bo‘yicha aniq normalar joriy etildi.


Shu bilan birga, sport sohasining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, boshqaruvga zamonaviy mexanizmlarni tatbiq etish hamda sport federatsiyalari va professional klublar faoliyatiga tadbirkorlar va xususiy investitsiyalarni bosqichma-bosqich jalb qilish muhim yo‘nalish sifatida belgilandi.


Prezident qarorida mazkur sohani yanada rivojlantirish va uni iqtisodiy jihatdan mustahkamlashga qaratilgan ustuvor vazifalar aniq belgilab berilgan.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0