Bog‘cha bolalariga “oq-qorani farqlash” bo‘yicha ma’ruza o‘qigan inspektor Prezident tanqidiga uchradi
Ayni paytda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishida huquq-tartibot sohasidagi ishlar ahvolini tahlil qilib, kelgusidagi vazifalarni belgilab bermoqda.
“Ijtimoiy-iqtisodiy muammosi hal etilmasa jinoyat yo‘liga kirish ehtimoli yuqori aholi qatlami bilan yangicha ishlash tizimi joriy qilingan edi.
Unga ko‘ra, bunday toifaga kiruvchi aholi “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida “mahalla beshligi”ga nomma-nom biriktirilgan.
Lekin, Ichki ishlar, Kambag‘allikni qisqartirish vazirliklari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bu masalaning ichiga chuqur kirmagan, “mahalla beshligi” uchun na bir metodika, na bir qo‘llanma ishlab chiqqan.
Oqibatda ushbu yangi tizim 9 ming 400 ta mahalladan bor-yo‘g‘i 20 tasida ishlayapti”, deb qayd etgan Prezident.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, “Nima ish qilish kerakligini bilmagan ayrim profilaktika inspektorlari esa bog‘chalarga borib, 3-4 yoshli bolakaylarga “oq-qorani farqlash” bo‘yicha ma’ruza o‘qish bilan band.
Tizimda staji 3 yilgacha bo‘lgan, endi tajriba to‘playotgan profilaktika inspektorlarini kriminogen og‘ir mahallaga qo‘yish amaliyoti haligacha davom etmoqda.
Aksincha, “yaxshi” mahallalarda esa ko‘p yillik tajribasi bor xodimlar xizmat qilmoqda”.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0