Surxondaryoda "Xurmo sayli" bo‘lib o‘tdi
9-noyabr kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumani markaziy istirohat bog‘ida "Agrobank" ATB, Uzun agrostar hamda mahalliy hokimiyat bilan hamkorlikda "Xurmo sayli" tadbiri tashkil etildi.
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad yurtdoshlarimizga xush kayfiyat ulashish, ularni xonadonlarida xurmo ko‘chatlarini yanada ko‘proq parvarish qilishga chorlash hamda bu orqali mamlakat qishloq xo‘jaligi taraqqiyotiga hissa qo‘shishdan iborat bo‘ldi.
Sayil davomida barcha uzunliklar o‘zlarining xurmo mevalari ko‘rgazmasi bilan ishtirok etdi.
Shuningdek san’atkorlarning chiqishlari tadbirga haqiqiy bayramona kayfiyat ulashdi.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0