Rubl so‘mga nisbatan 20 foizga qadrsizlandi

Rublning o‘zbek so‘miga nisbatan rasmiy kursi so‘nggi uch yarim oydan ko‘proq vaqt ichida 20 foizga pasaydi.
236 18:28 | 03.09.2026 18:28

Markaziy bank maʼlumotlariga ko‘ra, 2026 yil 22 may kuni 1 Rossiya rublining rasmiy kursi 169,53 so‘mni tashkil etgan. Bu 2022 yil 20 dekabrdan keyingi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lgan.


3 sentyabrga kelib esa rubl kursi 135,61 so‘mga tushdi. Shu tariqa, uch yarim oydan ko‘proq vaqt davomida rubl 33,92 so‘mga yoki 20 foizga arzonladi.


Hisob-kitoblarga ko‘ra, shu davrda Rossiya rublining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursi ham 18,6 foizga pasaygan.


Mutaxassislar rubl kursining zaiflashuviga bir qator omillar taʼsir qilayotganini qayd etmoqda. Jumladan, jahon bozorida neft narxlarining pasayishi, Rossiya eksportchilari tomonidan valyuta tushumini ichki bozorda sotish hajmining qisqarishi hamda valyutaga bo‘lgan talabning ortishi rublga bosimni kuchaytirgan.


Rublning so‘mga nisbatan kursi nafaqat Rossiya valyutasining dollarga nisbatan qiymati, balki so‘mning AQSh dollariga nisbatan dinamikasiga ham bog‘liq. Shu bois rubl/so‘m kursining o‘zgarishini rubl/dollar dinamikasi bilan birgalikda baholash lozim.


O‘zbekiston Markaziy bankining 2026 yil 3 sentyabr uchun belgilagan rasmiy kursiga ko‘ra, 1 AQSh dollari 11 813,09 so‘m, 1 evro 13 677,20 so‘m, 1 Rossiya rubli esa 135,61 so‘mni tashkil etmoqda.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid