AES qurilishi: O‘zbekistonda qo‘shimcha nazorat tizimi yaratiladi

Jizzax viloyatining Forish tumanida qurilayotgan integratsiyalashgan AES qurilishi faol bosqichga o‘tdi. Hozir birinchi energoblok poydevori ustida ishlar olib borilmoqda. 4 iyundan beri maydonda 916 kub metr beton quyildi.
179 12:36 | 05.09.2026 12:36

Qurilish avjida maydonda 10 mingdan ortiq ishchi va mutaxassis ishlashi rejalashtirilgan. Ularning 65–70 foizi mahalliy kadrlar bo‘lishi kerak.


Texnik nazoratni kuchaytirish maqsadida yetakchi xalqaro injiniring kompaniyalaridan biri bilan qo‘shma korxona tuzish taklif qilinmoqda. U loyiha hujjatlari, uskunalar va qurilish sifatiga mustaqil baho beradi.


Forishda stantsiyadan 25 km. uzoqlikda 200 gektarlik sanoat zonasi tashkil etish rejalashtirilmoqda. U yerda 15 yo‘nalish bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish va 2000 tagacha ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan. Lokalizatsiya ulushini 30 foizdan oshirish maqsad qilingan.


Stantsiya uchun 525 gektar, atom shaharchasi uchun esa 100 gektar yer ajratiladi. Shaharcha 33 ming aholiga mo‘ljallangan bo‘lib, unda uy-joylar, maktab, bog‘cha, tibbiyot, sport va madaniyat ob’ektlari bo‘ladi.


AES 4 ta energoblokdan iborat bo‘ladi:
— 2 ta VVER-1000 — har biri 1 GVt;
— 2 ta RITM-200N — har biri 55 MVt.


Umumiy quvvat 2110 MVt, yillik elektr ishlab chiqarish 17 mlrd kVt·soatgacha bo‘lishi kutilmoqda.


Birinchi kichik modulli reaktorni 2029 yil oktyabr–noyabr oylarida, ikkinchisini esa 6 oydan keyin ishga tushirish rejalashtirilgan. Birinchi yirik energoblok 2033 yilda ishga tushirilishi, loyiha esa 2034–2035 yillarda to‘liq yakunlanishi kutilmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonda ikkinchi AES loyihasi bo‘yicha ham tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid