1 242 ta ko‘chmas mulk, 84 ta xo‘jalik jamiyatidagi davlat ulushlari, qariyb 8 ming gektar er savdoga chiqarilmoqda

Savdoga chiqariladigan aktivlarning umumiy qiymati 100 trillion so‘mni tashkil etadi. Ularni realizatsiya qilishdan yil yakuniga qadar kamida 14 trillion so‘m tushum olish kutilmoqda.
78 14:10 | 08.09.2026 14:10

Prezidentning 2026-yil 28-avgustdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-177-son Farmoniga muvofiq, xususiylashtirish dasturi doirasida 84 ta xo‘jalik jamiyatidagi davlat ulushlari, 1 242 ta ko‘chmas mulk obʼekti hamda tadbirkorlik va shaharsozlik maqsadlari uchun qariyb 8 ming gektar er uchastkalari savdoga chiqarilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqida Prezidentimiz joriy yil avgust oyida bo‘lib o‘tgan tadbirkorlar bilan 6-ochiq muloqotda taʼkidlab o‘tdi.

Shuningdek, davlat ishtirokidagi 85 ta korxona tugatiladi yoki qayta tashkil etiladi. Bundan tashqari, ilgari sotilmagan 84 ta aktiv boshlang‘ich narxi 1 million so‘m etib belgilanib, qayta auktsionga chiqariladi.

Savdoga chiqariladigan aktivlarning umumiy qiymati 100 trillion so‘mni tashkil etadi. Ularni realizatsiya qilishdan yil yakuniga qadar kamida 14 trillion so‘m tushum olish kutilmoqda.

Xususan, aktivni xarid qilishda avans to‘lovi 15 foiz etib belgilanadi (avval 35 foiz edi), qolgan miqdorni esa foiz hisoblanmagan holda bosqichma-bosqich to‘lash mumkin bo‘ladi (avval o‘rtacha 14 foiz ustama qo‘llanilgan).

Yirik bitimlar uchun qo‘shimcha to‘lov shartlari ham belgilanadi:

aktiv qiymatini olti oy ichida to‘liq to‘lagan xaridorlarga 25 foiz miqdorida chegirma taqdim etiladi (avvalgi tartibga ko‘ra, to‘lov bir oy ichida to‘liq amalga oshirilganda 14 foiz chegirma berilgan);
aktiv qiymatining 35 foizini uch oy ichida to‘lash sharti bilan qolgan miqdorni 5 yilgacha, 50 foizini olti oy ichida to‘lash sharti bilan esa 7 yilgacha foiz hisoblanmagan holda bo‘lib to‘lashga ruxsat etiladi.

Savdolarning samaradorligini oshirish maqsadida aktivlarni sotishning yangi mexanizmlari joriy etiladi. Agar aktiv uch oy davomida sotilmasa, narxni bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmi qo‘llaniladi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid