Сайт тест режимида ишламокда
    Валюта UZS
  • USD

    12 910.15-14.77

  • EUR

    14 660.7740.1

  • RUB

    159.78-0.16

+23C

+23C

  • O'z
  • Ўз
Ўзбекистон
  • Сиёсат
  • Спорт
  • Жамият
  • Иқтисод
Хориж
  • Иқтисод
  • Сиёсат
Интервью
  • Маданият ва маърифат
Кутубхона
  • Адабиёт
  • Илмий ишлар
  • Мақолалар
  • Касаба фаоллари учун қўлланмалар
Бошқалар
  • Янги Ўзбекистон суратлари
  • Колумнистлар
  • Архив
  • Ўзбекистон журналистлари

Toshkent Shahar

+23c

  • Hozir

    +23 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +21 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Кириш

Toshkent

Toshkent Shahar

Payshanba, 08-May

+23C

  • Hozir

    +23 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +21 C

  • Payshanba, 08

    +23 +20

  • Juma, 09

    +22 +20

  • Shanba, 10

    +23 +20

  • Yakshanba, 11

    +23 +20

  • Dushanba, 12

    +25 +20

  • Seshanba, 13

    +27 +20

  • Chorshanba, 14

    +27 +20

  • Payshanba, 15

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

“Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2024” xalqaro sammiti

Joriy yilning 9-10-oktabr kunlari Toshkent shahrida “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2024” II Xalqaro kiberxavfsizlik sammiti boʻlib oʻtadi. Tadbir “Kiberxavfsizlik markazi” DUK va “Dialogue Events” kompaniyasi hamkorligida tashkil etiladi.
Сиёсат
283 20:40 | 09.10.2024 20:40


Tadbirda 30 dan ortiq mamlakatdan 60 ga yaqin kompaniya, 120 dan ortiq delegatlar ishtirok etishi kutilmoqda.


Ma’lumot uchun: Janubiy Koreya, Ozarbayjon, Turkiya, Gruziya, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog‘iston kabi 10 dan ortiq xorijiy davlatlarning kiberxavfsizlik masalalarida vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlar - Xalqaro elektraloqa ittifoqi, FIRST, OIC-CERT hamda SABABA, Check Point, Cloudflare, Fortinet, Group-IB, Trend Micro kabi kompaniyalar ishtirok etmoqda. Bundan tashqari kibermakonda malakali mutaxassis, xaker Jeyson Street ham o‘z taqdimoti bilan ishtirok etadi.


“CSS-2024” kiberxavfsizlik sammitining asosiy maqsadi mintaqaviy kiberhamjamiyat uchun o‘zaro tajriba almashish, zamonaviy yechimlarni namoyish etish, eng muhimi, o‘zaro manfaatli asosda yangi imkoniyatlarni ochish uchun yuqori darajadagi xalqaro interaktiv platforma yaratishdan iborat.


“CSS-2024” ikki kunlik tadbir boʻlib, dastlabki kun tartibidan Markaziy Yevroosiyo davlatlaridan kelgan malakali ekspertlari sohaning hozirgi holati hamda undagi muammolarning samarali yechimi haqida fikr yuritadi.


Sammit dasturi doirasida yalpi muhokamalar, taqdimot sessiyalari, ko‘rgazma maydoni va bir qator qiziqarli tarmoq tadbirlariga to‘la bo‘lib, barcha ishtirokchilarga texnologiyalar va yechimlarni samarali va foydali tarzda namoyish etish hamda yangi biznes aloqalarini yaratish imkonini beradi.


Sammitning yuqori darajali qaror qabul qiluvchilar, kiberxavfsizlik bo'yicha ekspertlari auditoriyasi dinamik global xavfxatar manzarasini va mintaqa mamlakatlariga raqamlashtirish orqali taqdim etilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy imtiyozlardan to'liq foydalanishda qanday yordam berishi mumkinligini o'rganadi.


Sammitning umumiy mavzusi raqamli dunyoda kiberxavfsizlikning ahamiyati: yechimlar, tahdidlar va hamkorlik, muhim infratuzilma va biznes aktivlarini himoya qilishga qaratilgan. Bu yilgi sammitda 60 ga yaqin ma’ruzachilar o‘z kompaniyalari va takliflarini taqdim etadilar.


Ta’kidlash joizki, “Kiberxavfsizlik markazi” DUKning so‘nggi yillarda mamlakatimiz kiberxavfsizligi sohasida amalga oshirgan sa’y-harakatlari natijasida, Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi (XEI) tomonidan davriy o‘tkaziladigan “Global Cybersecurity Index 2024” kiberxavfsizlik indeksida O‘zbekiston +18.09 ballga yuqorilab, 89,2 ball ko‘rsatgichga erishdi va Rossiya, Qozog‘iston, Azarbayjon davlatlari darajasiga yetib oldi. 2020 yilda e’lon qilingan hisobotda O‘zbekiston 71,11 ball ko‘rsatkichni qayd etgan edi.


Shu bilan birga, yoshlarga oid davlat siyosati doirasida kiberxavfsizlik, axborot texnologiyalari, dasturlash va robototexnika yo‘nalishlarida yoshlarni shakllantirish va ularning intellektual va ijodiy yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Kiberxavfsizlik markazi” DUK tashabbusi bilan 14 – 30 yoshdagi shaxslarni jalb qilgan holda “Cyberkent 2.0” musobaqalari tashkil etildi.




“Cyberkent 2.0” musobaqalari


Ikki kunlik sammit doirasida “Cyberkent 2.0” musobaqalari ham bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.


Ushbu musobaqalar “Red team” va “Blue team” yo‘nalishlarining final bosqichi hamda CTF - ochiq topshiriqlarni o’z ichiga oladi.



Red team va Blue team yo‘nalishlarining final bosqichi



“Red team” jamoasi - kiberxavfsizlik sohasida tashkilotning xavfsizlik holatini sinab ko‘rish va tizimlaridagi zaifliklarni aniqlash uchun mo‘ljallangan maxsus jamoalar hisoblanadi.


Musobaqada ishtirok etgan jami 83 ta jamoadan saralash sinovidan o’tgan 10 ta jamoa finalda ishtirok etadi.


Ularning asosiy vazifasi tashkilotning virtual infratuzilmasiga hujum qilib, zaifliklarni aniqlash va ulardan foydalanish. Xususan:


  1. Elektr tarmog‘i ish faoliyatiga ta’sir ko‘rsatish va shaharni elektrsiz qoldirish;
  2. Shamol generatorini boshqarish tizimiga ruxsat olish;
  3. Internet tarmog‘idan ruxsat bo‘lgan va ichki tarmoqlardagi zaifliklardan foydalanish;
  4. Bank “scoring” tizimi talablarini chetlab o‘tish va pullarni o‘zlashtirish;
  5. Reklama oynalari taqdim etilayotgan tasvirlarni o‘zgartirish;
  6. Veb-sayt bilan bog‘liq serverlarda mavjud zaifliklardan foydalangan holda ularga ruxsat olish va foydalanish huquqi darajasini oshirish;
  7. Mobil ilova zaifliklari aniqlash va sun’iy intellekt modeliga o‘zgartirish kiritish;
  8. Aeroportda reyslar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritish va axborot tizimlaridan noqonuniy foydalanish;
  9. Ma’lumotlarni qayta ishlash serverlari va axborot resurslaridagi zaifliklarni aniqlash;
  10. Axborot resurslari va dasturchilarning xatoliklaridan foydalanish.


“Blue team” jamoasi tashkilotning virtual infratuzilmasini himoya qilishda qalqon bo‘lib, har xil turdagi hujumlarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etish bilan shug‘ullanadilar.


Musobaqada ishtirok etgan jami 35 ta jamoadan saralash sinovidan o’tgan 5 ta jamoa finalda ishtirok etadi.


“Blue team”dan hujumlarni muvaffaqiyatli bartaraf etish uchun quyidagi asosiy vazifalarni bajarish talab etiladi:


  1. Kiberxavfsizlik darajasini mustahkamlab, potensial kiberxavfni kamaytirish;
  2. Tizimidagi zaiflikni aniqlash va patch boshqaruvi vazifasi;
  3. Ma’lumotlar omborini himoyalash;
  4. Shubhali fayllarni hamda kiberhodisani aniqlash;
  5. Zararli virus hujumini bartaraf etish;
  6. Noto‘g‘ri sozlangan veb-ilovalar sozlamalarini to‘g‘rilash.

“Blue team”dan bu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish, hujumlarni oldini olish va ularni bartaraf etish uchun texnik bilimlar, tezkor qaror qabul qilish qobiliyati hamda yuqori darajada jamoaviy hamjihatlik talab qilinadi.



Eslatib o’tamiz “Blue team” va “Red team” jamoalari musobaqalarining saralash bosqichlari joriy yilning 27 avgust va
17 sentyabr kunlari ctf.cyberkent.uz veb-sayti orqali o’tkazilgan edi. Usbu saralash bosqichida jami 470 dan ortiq yoshlardan iborat 118 ta jamoa qatnashdi.


2023 yilgi tadbirda 125 nafar yoshlardan iborat 33 ta jamoa saralash bosqichida ishtirok etib, ulardan 10 ta jamoa final bosqichiga yo‘l olgna edi.



CTF (ochiq topshiriqlar)


Musobaqa doirasida CTF(ochiq topshiriqlar) musobaqalari bo‘lib o‘tadi va unda 120 dan ortiq yoshlar qatnashadi.


Eslatib o‘tamiz, 2023 yilgi CTF tadbirida 111 nafar ishtirokchi qatnashgan edi.



Musobaqa o‘z navbatida 3 yo‘nalishni o‘z ichiga oladi:


CTF Master: topshiriqda ishtirokchilar kiberxavfsizlik bo‘yicha turli masalalarni hal yetib, bayroqni qo‘lga kiritish uchun raqobatlashadilar. Har bir bayroq tizimidagi muammolarni yechish talab etiladi.


Hack ATM topshiriqda ishtirokchilar ATM tizimining zaifliklarini aniqlash va unga hujum qilish imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishlari talab etiladi.


Hack smarthome: Ishtirokchilar "Aqlli uy" tizimlariga kirib, ulnarning xavfsizlik darajasini tekshiradilar. Ushbu topshiriqda, turli xil uy jihozlari va ularning boshqaruv tizimlarini himoyalash bo‘yicha zaifliklarni topish talab etiladi.


Barcha topshiriqlar uchun alohida nominatsiyalar va pul mukofotlari ajratilgan. Yoshlarimiz bu yo‘nalishda ham o‘z bilim va mahoratini sinab ko‘rishi mumkin.



Shu bilan birga “ROBBO-FEST” yosh avlod uchun tashkil qilingan robototexnika musobaqalarining final bosqichi bo‘lib o‘tadi.


Musobaqa 4 yo‘nalishdan iborat bo‘lib, ular:


1.Robot Futbol: bu yerda jamoalar robotlarni boshqarib, futbol o‘ynaydilar. Ishtirokchilar robotlarini raqiblarning harakatlariga tez javob beradigan, maydonda harakatlanadigan, to‘pni olib yuradigan va gol uradigan qilib dasturlashlari kerak;


2.Robot Sumo: bu yo‘nalishda avtomatik robotlar ishtirok etib, raqibni ringdan tashqariga chiqarib yuborishdan iborat;


3.Robot Racing: mazkur yo‘nalishda robotlar o‘rtasida qiziqarli poygalar bo‘lib o‘tadi. Bunda tezlik va harakat muhim rol o‘ynaydi. Ishtirokchilarning vazifasi – maydoncha yo‘lagidagi burilishlar va to‘siqlardan maksimal tezlik bilan o‘ta oladigan robotlarni yaratish hamda ularni dasturlashdir;


4.Foydali ixtirolar: bu yo‘nalish innovatsion va amaliy yechimlarni namoyish etishga qaratilgan. Ishtirokchilar kundalik muammolarni hal qilish, qulaylikni oshirish, jarayonlarni avtomatlashtirish yoki ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘z ixtirolarini taqdim etadilar.



Eslatib o’tamiz “ROBBO FEST” musobaqalarining saralash bosqichi joriy yilning 26 sentyabr kuni Toshkent shahrida “Cyber science” rivojlanish markazini ochilish marosimi doirasida o’tkazilgan edi. Usbu saralash bosqichida jami 260 nafar yoshlar qatnashdi.



“ROBBO FEST” musobaqalarining har bir yo'nalish g‘oliblari quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi.


1-o‘rin – 5 mln. so‘m


2-o‘rin – 3 mln. so‘m


3-o‘rin – 1 mln. so‘m



WORKSHOP seminar-treningi



“Cyberkent 2.0” respublika musobaqasi doirasida “Workshop” seminar-treningi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.


Ushbu seminar-treningda Siz kiberxavfsizlik sohasidagi malakali mutaxassislar bilan jonli muloqot qilish bilan birgalikda, undagi ishtirokingiz kiberxavfsizlik sohasidagi karyerangizning debochasi bo‘lishi mumkin.


Seminar quyidagi mavzularda bo‘ladi:


  1. “Uzcert” xizmati va uning eng yaxshi amaliyoti;
  2. “Kiberdetektiv qanday ishlaydi?” mavzusidagi ma’ruzalar;
  3. Zararli fayllarni tahlil qilish: tahlil usullari va muhitlari;
  4. O‘zbekistondagi Internet foydalanuvchilari orasida eng keng tarqalgan zararli viruslar va ularning tahlili.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlarimiz ushbu yo‘nalishdan birida o‘z omadini sinashi, iqtidorli ishtirokchilarni saralab olish hamda o‘z kelajagini qurayotgan yoshlarga yaqindan ko‘mak berishdan iborat.


Изоҳ қолдириш
Жўнатиш
Mақолага баҳо беринг
0/5

0

0

0

0

0

Mақолага баҳо беринг
0/5

0

0

0

0

0

Мавзуга оид

Сиёсат